Mahalliy ishlab chiqarish
Kompaniyamiz 8 yildan beri shaxsiy gigiyena vositalarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanib kelmoqda va shu davr mobaynida katta tajribaga ega bo'ldi.
Korxonamiz tomonidan Sweet Baby, Lunie Soft, Diva, Ameliya, Miss Bliss, Smile, Denta Fresh kabi brendlar ostida har xil turdagi shaxsiy gigiyena vositalari, jumaladan bolalar tagliklari, ayollar prokladkalari, tug’ruqdan keyingi ishlatiladigan prokladkalar, nam salfetkalar, tish cho'tkalari ishlab chiqariladi. Iste'molchilarga sifatli mahsulot yetkazib berish maqsadida mahsulotlarni laboratoriyada doimiy ravishda sifat nazoratidan o'tkazamiz. Shu sababli biz ishlab chiqargan mahsulotlar mahalliy bozorda o'zining mustahkam o'rniga ega.
Bundan tashqari korxonamizda gigiyenik mahsulot ishlab chiqarishda qo'llaniladigan maxsus polimer plyonkalar, rangli bosmali qadoq va o'ramlar ishlab chiqarish ham yo'lga qo'yilgan. Bu esa bizga shu turdagi xomashyo yetkazib beruvchilarga bo'gliqlikni kamaytiradi.
Korxonamizda hozirgi kunda 80ga yaqin assortimentdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarimizga bo'lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Bu esa mahsulotlarimiz sifati hamda iste'molchilar ishonchining tasdig'i hisoblanadi. Shu bilan birga mahsulotlar turi va assortiment soni ham ko'payib bormoqda.